Haftalik

Haftalik yangiliklar

Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi: Toshkentda 06:50 da boshlanadi

Namoz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi masjidlarda 2026-yil 20-mart, juma kuni Ramazon hayiti namozi soat 06:50 da boshlanadi.

Mamlakatning boshqa hududlarida esa namoz vaqtlari quyidagicha belgilangan:

Andijon viloyati — 06:40
Farg‘ona viloyati — 06:40
Namangan viloyati — 06:40
Toshkent viloyati — 06:50
Sirdaryo viloyati — 06:55
Jizzax viloyati — 07:00
Samarqand viloyati — 07:00
Navoiy viloyati — 07:05
Buxoro viloyati — 07:05
Qashqadaryo viloyati — 07:05
Surxondaryo viloyati — 07:05
Xorazm viloyati — 07:25
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 07:30

Ma’lumot uchun, Ramazon hayiti musulmonlar uchun eng muhim bayramlardan biri bo‘lib, u ro‘za oyining yakunlanganini bildiradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *