Haftalik

Haftalik yangiliklar

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik ishchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi

Sss

Janubiy Koreyaning Chungchong-Namdo provinsiyasi, Sosan shahridagi metall eritish zavodida 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi.

Janubiy Koreya politsiyasi va mehnat organlari ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 8-mart kuni Seosan Auto Valley sanoat zonasidagi zavodda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik ishchi ishlab turgan paytda harakatlanib kelayotgan yuk ko‘targich uni urib yuborgan. Shundan so‘ng u zavoddagi og‘ir materiallar ostida qolib ketgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanuvchini og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, u vafot etgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisa yuk ko‘targich haydovchisi o‘z qarshisida turgan ishchini payqamay qolgani sabab yuz bergan. Hozirda politsiya va mehnat inspeksiyasi voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

One thought on “Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik ishchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *