Haftalik

Haftalik yangiliklar

Chexiya O‘zbekiston fuqarolari uchun har yili 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Av

Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Chexiya endilikda O‘zbekiston fuqarolari uchun har yili 150 ta mehnat vizasi kvotasini ajratadi.

Qayd etilishicha, agentlik direktori Behzod Musayev 7-mart kuni Chexiyaning O‘zbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida tashkiliy mehnat migratsiyasini rivojlantirish, shuningdek Chexiya mehnat bozori uchun O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilingan.

Muzokaralarda, ayniqsa, tibbiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, hamshiralar hamda qariyalarni parvarishlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni tayyorlash va ularni Chexiyada ish bilan ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, Chexiya tomoni Toshkentdagi tibbiyot kadrlarini xorijda ishlashga tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishishga qiziqish bildirgan. Tomonlar mazkur yo‘nalishda amaliy hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *