Haftalik

Haftalik yangiliklar

Dubay—Toshkent reyslari 4-martdan bosqichma-bosqich tiklanadi

Eir

Dubay va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2026-yil 4-martdan boshlab bosqichma-bosqich tiklanadi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi BAAda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaatida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways, Centrum Air hamda Qanot Sharq aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan reyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Parvozlar jadvali:

Uzbekistan Airways

  • HY333 Toshkent—Dubay: 4-mart, soat 08:30 (jadval asosida);

  • HY334 Dubay—Toshkent: 4-mart, soat 12:30 (jadval asosida).

Centrum Air

  • C6-351 Toshkent—Dubay: 4-mart, soat 05:30 (jadval asosida);

  • C6-352 Dubay—Toshkent: 4-mart, soat 10:25 (jadval asosida).

Qanot Sharq

  • HH901 Toshkent—Dubay (DWC): 4-mart, soat 05:10 (jadval asosida);

  • HH902 Dubay (DWC)—Toshkent: 4-mart, soat 10:30 (jadval asosida).

Fuqarolarga parvoz vaqti hamda reys holatini avvaldan aviakompaniyalar bilan aniqlashtirish, tasdiq olingandan keyingina Dubay xalqaro aeroportiga yetib borish tavsiya etildi. Qo‘shimcha ma’lumotlar aviakompaniyalarning rasmiy manbalari orqali e’lon qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qator reyslar Yaqin Sharqdagi urush sabab havo hududi yopilgani tufayli bekor qilingandi. BAAdan uchib keta olmagan o‘zbekistonliklar mehmonxonalarga joylashtirilgan.

2-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Fors ko‘rfazi mamlakatlarida bo‘lib turgan yurtdoshlarni vatanga qaytarishni samarali tashkil etish yuzasidan bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq bergan edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *