Haftalik

Haftalik yangiliklar

Umraga ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun repatriatsiya reyslari yo‘lga qo‘yiladi

Umra

Umra safariga jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, O‘zbekiston aviatsiya rasmiylarining ko‘rsatmasi asosida mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha O‘zbekiston ziyoratchilarini umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borishni vaqtincha to‘xtatib turish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur cheklov, jumladan, Uzbekistan Airways’ning Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reyslariga ham taalluqli ekani qayd etildi.

Shuningdek, 2026-yil 2-martdan boshlab umra dasturi doirasida Uzbekistan Airways reyslari orqali Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Jidda – Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslari yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar aviakompaniya tomonidan e’lon qilinishi bildirilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *