Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda 2025-yilda ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq 44 ta holat qayd etildi

Lkk

2025-yilda O‘zbekistonda ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq 44 ta holat kuzatilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yil davomida sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan hamda organoleptik ko‘rsatkichlari me’yor talablariga javob bermaydigan jami 33 ming 230 tonna oziq-ovqat mahsulotlari iste’moldan chiqarilgan.

Mahsulotlar turlari kesimida eng katta ulush shakar va qandolat mahsulotlariga to‘g‘ri kelib, ularning hajmi 259 tonnani tashkil etgan. Shuningdek, 251 tonna spirtli va salqin ichimliklar, 220 tonna meva-sabzavot va poliz mahsulotlari hamda 106 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari muomaladan chiqarilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 44 ta zaharlanish holatining 6 tasi bog‘chalarda sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, 29 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan sabzavotli konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida 63 nafar fuqaro jabrlangan. Ularning 17 nafari bolalar bo‘lgan.

Nurmat Otabekov fuqarolarni uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari, shuningdek sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslikka chaqirdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *