Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda fuqarolar nomida nechta bank kartasi va SIM karta borligini tekshirishi mumkin bo‘ladi

Karta

O‘zbekistonda fuqarolar o‘z nomiga nechta bank kartasi va SIM-karta rasmiylashtirilganini tekshirib, ortiqchasini yopish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu Oʻzbekistonning 2026-yilga mo‘ljallangan davlat dasturida belgilangan.

Dasturga ko‘ra, mazkur xizmat 2026-yil dekabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ishga tushiriladi. Fuqaro o‘z nomiga nechta bank kartasi va mobil aloqa raqami rasmiylashtirilganini faqat shaxsan o‘zi ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Zarur holatlarda esa aynan shu portal orqali ortiqcha kartalar yoki SIM-kartalarni yopish uchun elektron ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.

Banklar va mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlari bilan xavfsiz API orqali integratsiya o‘rnatilib, real vaqt rejimida ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa ma’lumotlarning aniqligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar, aloqa operatorlari hamda tijorat banklariga yuklatilgan. Jarayon ijrosi uchun asosiy mas’ul idora sifatida Raqamli texnologiyalar vazirligi belgilangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *