Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda 2025-yilda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Bh

2025-yilda O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova hisobot bilan chiqdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot yilida ombudsman nomiga fuqarolar, xorijiy davlatlar fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va yuridik shaxslardan jami 1 934 ta murojaat kelib tushgan.

Shaxsiy qabullar davomida 35 marotaba 141 nafar fuqaro bilan muloqot o‘tkazilgan, 98 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. O‘tkazilgan tahlillar natijasida davlat organlari tomonidan bola huquqlari buzilgan holatlar bo‘yicha 36 ta ta’sir hujjati kiritilgan. Jumladan, 2 ta ogohlantirish, 6 ta taqdimnoma, 25 ta xulosa hamda 3 ta sud hujjati ustidan protest keltirish to‘g‘risida iltimosnoma yo‘llangan.

Ma’lum qilinishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha 19 ta jinoyat ishi va 26 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi 20 ta qaror bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruvga yuborilgan. Internet monitoringi natijasida aniqlangan holatlar yuzasidan esa 23 ta jinoyat ishi va 28 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Hisobot davrida 403 million 745 ming so‘mlik aliment qarzdorligini undirishga ko‘maklashilgan. Shuningdek, 52 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga ID-karta rasmiylashtirishda yordam berilgan. 20 nafar imkoniyati cheklangan bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, reabilitatsiya xizmatlari tashkil etilgan, xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 45 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *