Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ko‘p qavatli uylardan birida ayol voyaga yetmagan farzandini derazadan chiqarib, bu jarayonni videoga olgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea tumanning “Yangi Choshtepa” mahallasida sodir bo‘lgan. 2001-yilda tug‘ilgan N.K. yettinchi qavatdagi xonadoni derazasidan voyaga yetmagan farzandini chiqarib, ushbu holatni mobil telefoni orqali tasvirga olgan hamda videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, hozirda ayolning ruhiy holatini aniqlash maqsadida u ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga yuborilgan. Bola tan jarohati olmagan, u ayolning yaqin qarindoshi qaramog‘iga topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.