Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda taksi aylanmasi 9,6 trillion so‘mga yetdi: yarim milliondan ortiq haydovchi faoliyat yuritmoqda

Tex

O‘zbekistonda 2025-yil yakunlariga ko‘ra, yo‘lovchi tashish aylanmasi 9,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida 224 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Natijada yo‘lovchi tashish aylanmasi 9,6 trillion so‘mdan oshgan. Ushbu mablag‘ning 6,7 trillion so‘mi naqd, 2,8 trillion so‘mi esa naqdsiz to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish bilan 574,6 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi shug‘ullanmoqda. Ularning 339 681 nafari 30–50 yosh oralig‘ida, 189 547 nafari 30 yoshgacha, 45 398 nafari esa 50 yoshdan katta bo‘lgan. Ayol haydovchilar soni 4 726 nafarga yetgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil davomida taksi xizmatini ko‘rsatgan qariyb 15,5 ming haydovchi 100 million so‘mdan ortiq daromad olgan. O‘rtacha bitta chek miqdori 20 082,5 so‘mni tashkil etgan.

Daromadlar taqsimoti quyidagicha bo‘lgan:
50–100 million so‘m — 36,9 ming haydovchi,
10–50 million so‘m — 143,8 ming,
5–10 million so‘m — 71,8 ming,
1–5 million so‘m — 146,7 ming,
1 million so‘mgacha — 159,7 ming haydovchi.

Taksichilik faoliyatida eng ko‘p foydalanilgan avtomobillar Cobalt, Nexia va Lacetti bo‘lgan. Elektromobillar ulushi esa 1,9 foizni tashkil etadi.

Shuningdek, 2025-yilda taksi agregatorlari tomonidan jami 128,2 milliard so‘m soliq to‘langan. Shundan 63,6 milliard so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘iga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tilishicha, 2025-yil avgust oyida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar soni 457 764 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich 100 mingdan ortiqqa oshgan. Ayol taksichilar soni ham bir yil ichida 1,5 ming nafarga ko‘paygan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *