Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida ushlab berish bo‘yicha shartnoma ratifikatsiya qilinmoqda

Mahk

Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Vengriya o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan. Shartnoma jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirishni nazarda tutadi.

Hujjatda shaxslarni ushlab berishni amalga oshirish shartlari, so‘rovlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi, ushlab berishni rad etish asoslari, shuningdek, berilishi so‘ralayotgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doir normalar aniq belgilab qo‘yilgan.

Muhokamalar yakunida mazkur qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *