Haftalik

Haftalik yangiliklar

Tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari axborot tizimlariga kiberhujum bo‘lmagan — Markaziy bank

Olj

O‘zbekistonda tijorat banklari va to‘lov tizimlari axborot tizimlariga nisbatan kiberhujum sodir etilmagan. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Fuqarolardan so‘ralgan tavsiyalar:

  • noma’lum va shubhali manbalardagi havolalarga kirmaslik;

  • shaxsiy ma’lumotlar (bank karta rekvizitlari, SMS kodlar, parollar)ni hech kimga bermaslik;

  • faqat rasmiy manbalar orqali berilgan axborotlarga ishonish;

  • shubhali holatda vakolatli organlarga murojaat qilish.

So‘nggi kunlarda tarqalgan shov-shuvli xabarlarga ko‘ra, hukumat tizimlaridan kamida 15 million fuqaroning ma’lumotlari Dark Web’ga joylashtirilgani aytilgan. Biroq:

  • Ichki ishlar vazirligi barcha axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlaganini;

  • Soliq qo‘mitasi kiberxavfsizlik bo‘yicha barcha choralarni ko‘rganini;

  • Statistika qo‘mitasi ro‘yxatga olish ma’lumotlarini shifrlangan serverlarda saqlayotganini bildirgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi esa internetga sizib chiqqan ma’lumotlar avvalgi eski bazaga tegishli ekanini ma’lum qildi va fuqarolarning ma’lumotlarini himoya qilish uchun zarur choralar ko‘rilayotganini bildirdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *