Haftalik

Haftalik yangiliklar

Andijonda salomlashgan haydovchilar sabab boshqa avtomobil haydovchisi jarimaga tortildi

Mk

Andijon shahrida 26-yanvar kuni svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Matiz va Nexia-2 haydovchilarining mashinadan tushib salomlashishi ortidan boshqa avtomobil haydovchisi jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat shaharning Milliy tiklanish ko‘chasida joylashgan Bo‘ston chorrahasida sodir bo‘lgan. Matiz va Nexia-2 rusumli avtomobillar haydovchilari svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan paytda transport vositalaridan tushib, yo‘l o‘rtasida bir-biri bilan ko‘rishgan. Svetofor yashil rangga o‘tgach ham ushbu avtomobillar harakatni davom ettirmagan.

Oqibatda orqada turgan Spark avtomobili haydovchisi oldidagi mashinalar yo‘lni to‘sib qo‘ygani sababli qarama-qarshi yo‘nalish bo‘lagiga chiqib harakatlanishga majbur bo‘lgan. Mazkur holat maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish qurilmasi orqali yo‘l harakati qoidalarining buzilishi sifatida qayd etilgan.

Natijada Spark avtomobili haydovchisiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 4 million 120 ming so‘m miqdorida jarima rasmiylashtirilgan. Viloyat YHXB tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *