O‘zbekistonda “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2026-yilgi ilk mavsumi 1-fevraldan start oladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
“Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida o‘tkaziladigan ushbu bosqich “Tashabbusli byudjet” joriy etilganidan buyon tashkil etilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mavsum quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish, 21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash, 8–10-mart kunlari targ‘ibot ishlari, 11–20-mart kunlari ovoz berish hamda 21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bosqichi o‘tkaziladi.
An’anaviy ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.