Haftalik

Haftalik yangiliklar

Jizzaxda ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Asd

Jizzax viloyatida ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor-qidiruv xizmati, tuman ichki ishlar bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Sharof Rashidov tumani “Olmachi” mahallasida maxsus tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 1986-yilda tug‘ilgan, “Tayson” laqabi bilan tanilgan shaxs 1990 va 1988-yillarda tug‘ilgan mahalladoshlari bilan birgalikda jinoiy guruh tuzib, fuqarolarga nisbatan muntazam ravishda zo‘ravonlik harakatlari sodir etib kelgani aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar fuqarolarni o‘ldirib ketish bilan qo‘rqitib, mahallada qo‘rquv va beqarorlik muhitini shakllantirgan. Guruh a’zolari jamoat joyi hisoblangan mahalla hududidagi oziq-ovqat do‘koni oldida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqarolarning tinchini buzgan. Xususan, 1993-yilda tug‘ilgan mahalladoshiga qo‘l va oyoqlari bilan zarba berilgan, uning bosh qismiga singan shisha bo‘lagi bilan urilgan.

Janjarni ajratishga uringan boshqa fuqarolarga ham hech bir sababsiz tan jarohatlari yetkazilgan va ularga faol qarshilik ko‘rsatilgan. Oqibatda jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi, o‘ng peshona suyagi sinishi hamda burun sohasi lat yeyishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) uchinchi qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Aniqlanishicha, guruh yetakchisi avval ham Jinoyat kodeksining 97, 105, 112, 166 va 169-moddalari bilan sudlangan. Shuningdek, “Tutu” laqabli, 1990-yilda tug‘ilgan shaxs ham muqaddam 166 va 169-moddalar bilan sudlangani ma’lum bo‘lgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *