Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda BAA kompaniyasi bilan 24/7 rejimida ishlovchi qayta tiklanuvchi energiya loyihalari quriladi

Ekw

O‘zbekistonda Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalari bilan hamkorlikda sutka davomida uzluksiz ishlaydigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari quriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, BAAning Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Energetika vazirligi, Masdar hamda Emirates Utilities Development Company (EUDC) o‘rtasida O‘zbekistonda 24/7 rejimida uzluksiz ishlaydigan, bazaviy yuklama quvvati 1 gigavattgacha bo‘lgan energiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hujjat “O‘zenergosotish” AJ, Masdar va Etihad Water & Electricity (EUDC’ning bosh kompaniyasi) tomonidan imzolangan.

Energetika vazirligi xabarida ta’kidlanishicha, sutka davomida uzluksiz ishlaydigan ushbu loyihalar qayta tiklanuvchi energetika sohasida tub burilish yasab, energiya ta’minotidagi uzilishlar muammosini bartaraf etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur loyiha jahon bozorida raqobatbardosh tariflar asosida yirik hajmdagi bazaviy quvvat ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Bu esa ishonchli va “yashil” energiyaga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun xalqaro miqyosda keng joriy etilishi mumkin bo‘lgan namunaviy model sifatida baholanmoqda.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt/soat sig‘imga ega energiya saqlash tizimini (BESS) o‘z ichiga olgan loyiha bo‘yicha moliyalashtirish masalalari yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *