Namangan, Farg‘ona va Andijon shaharlari xalqaro aeroportlarida noqulay ob-havo sharoiti saqlanib qolayotgani sababli Uzbekistan Airways 7—8-yanvar kunlari bir qator reyslarni majburiy ravishda bekor qildi.
Xususan, quyidagi reyslar amalga oshirilmaydi:
- HY097/098 — Toshkent — Andijon — Toshkent (7-yanvar);
- HY9823/9824 — Farg‘ona — Krasnoyarsk — Namangan (7-yanvar);
- HY9821/9822 — Namangan — Irkutsk — Namangan (7—8-yanvar);
- HY677/678 — Andijon — Sankt-Peterburg — Andijon (7—8-yanvar);
- HY9857/9858 — Namangan — Ufa — Namangan (8-yanvar).
Ma’lum qilinishicha, bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari aviachiptaning to‘liq qiymatini qaytarib olish yoki bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Uzbekistan Airways’ning xuddi shu yo‘nalishdagi yoxud muqobil yo‘nalishlardagi (Toshkent yoki Farg‘ona vodiysining boshqa shaharlari orqali) keyingi reyslariga bepul qayta bron qilish huquqiga ega.
Aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yo‘lovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunishni so‘ragan hamda rasmiy axborotlarni kuzatib borishni tavsiya etgan.