Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent ikki mamlakat o‘rtasidagi mojaroni hal etishga qaratilgan muzokaralar jarayonida kuzatilayotgan ijobiy dinamika hamda muloqotni tiklash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni olqishlaydi.
Muzokaralar orqali o‘zaro maqbul yechimlarga erishish, muloqotni davom ettirish va keskinlikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan har qanday qadamlardan tiyilish muhim hisoblanadi. O‘zbekiston tinchlik, barqarorlik va uzoq muddatli yechimga xizmat qiladigan barcha konstruktiv tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.