Namanganda 40 ming dollar pora talab qilgan “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mansabdori qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Namangan viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosari o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlardan birining ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash hamda omborga keluvchi ko‘mir ortilgan yuk vagonlari sonini ko‘paytirib berish evaziga 40 000 dollar talab qilgan.
2025-yilning 6-dekabr kuni u so‘ralgan puldan 25 000 dollarni filial ishchisi orqali olib, fuqaroni ombor mudiri lavozimiga tayinlanishini ta’minlagan.
Keyinroq esa mansabdor shaxs qolgan 15 000 dollar hamda omborga ko‘mir ortilgan 30 ta vagon yuborgani uchun ulush sifatida 7500 dollar, jami 22 500 dollar berishini talab qilib, o‘zining vositachisi bo‘lgan filial ishchisi orqali ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi (pora berish)3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Football Bros — Arcade football where simple controls create wild plays. Abuse angles, time tackles, and snipe miracle goals from distance. Challenge: win by 5+ on hard—post the scoreboard.