O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarining narxi yana rekord darajada oshdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 24-dekabr kuni 1 gramm oltinning narxi 1 million 782 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
Oltin quymalar narxi quyidagicha belgilandi:
5 gramm — 8 mln 913 ming so‘m;
10 gramm — 17 mln 826 ming so‘m;
20 gramm — 35 mln 651 ming so‘m;
50 gramm — 89 mln 128 ming so‘m;
100 gramm — 178 mln 256 ming so‘m.
17-oktyabr kuni 5 grammli quyma ilk bor 8,8 million so‘mga ko‘tarilib, rekord o‘rnatgandi.
Jahon bozorida ham oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 4500 dollardan oshdi. Ushbu qimmatbaho metall yil boshidan buyon 72 foizga oʻsdi. Kumush va platina ham rekord darajaga ko‘tarildi.