Haftalik

Haftalik yangiliklar

Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan bir yoshli oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

Mujj

Yoqutiston – Saxa Respublika oilaviy tarbiyaga koʻmaklashish markazida yashayotgan bir yoshli oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uning onasi oʻta yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga aloqadorligi uchun Yoqutiston shahar sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Shundan soʻng ayolning farzandi hibsxonada tugʻilgan va oilaviy tarbiyaga koʻmaklashish markaziga topshirilgan.

Mahkumaning onasi bolani olib ketish uchun Saxa Respublikasiga kelgan va Oʻzbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasiga yordam soʻrab murojaat qilgan. Konsulxona tomonidan bolani vatanga qaytarish uchun maxsus sertifikat rasmiylashtirilgan.

Rossiya hukumati koʻmagida qizcha belgilangan tartibda buvisiga topshirilgani hamda faollar koʻmagida buvi va nabiraga Yoqutiston–Novosibirsk–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalar xarid qilinib, ular Oʻzbekistonga qaytarilgani maʼlum qilindi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *