Haftalik

Haftalik yangiliklar

Navoiy viloyatida 10 nafar ichki ishlar xodimi safdan chetlatildi

Ikk

Navoiy viloyatida 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlatildi. Bu haqda 16-dekabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasining barcha shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishni kuchaytirish, xodimlar tomonidan turli salbiy holatlarning oldini olish, jumladan korrupsion turdagi huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, 2025-yilning 10 oyi davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 93 ta turli ko‘rinishdagi salbiy holatlar sodir etilgan. Natijada 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlatilgan.

Shuningdek, yig‘ilish jarayonida salbiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygani aniqlangan 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda Ichki ishlar vazirligi tomonidan qariyb 300 nafar profilaktika inspektori tizimdan haydalgan, 100 ga yaqin xodim ishdan bo‘shatilgan. Bunga ularning nopokligi, xizmat vazifalariga loqayd munosabati hamda fuqarolar bilan qo‘pol muomala qilgani sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *