Toshkent shahrida Britaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida chiqindilarni qayta ishlovchi zavod qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov boshchiligidagi delegatsiya Londonga amalga oshirilgan tashrif doirasida chiqindilarni qayta ishlash sohasida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan biznes-forumda ishtirok etgan.
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida tashkil etilgan tadbirda Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF), shuningdek, CDE Group, Kiverco, Fichtner, Operis kompaniyalari vakillari hamda yirik sarmoyadorlar qatnashgan.
Forum doirasida chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha uskunalar ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi Britaniya kompaniyalari — CDE Group va Kiverco tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilgan. Tadbir yakunida ushbu kompaniyalar bilan Toshkent shahrida chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurish bo‘yicha bitim imzolangan.
Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda joylashgan chiqindilarni qayta ishlash obyektlariga tashrif buyurib, Britaniyaning mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishgan.
Football Bros — Arcade football where simple controls create wild plays. Abuse angles, time tackles, and snipe miracle goals from distance. Challenge: win by 5+ on hard—post the scoreboard.