Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qamchiq dovonida kuchli qor va ko‘chki xavfi sabab harakat vaqtincha to‘xtatildi

Qeq

10-dekabr kuni Qamchiq dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, kuchli qor yog‘ishi hamda Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ko‘chki xavfi haqidagi ogohlantirish sabab 02:30 dan boshlab dovonda harakat cheklangan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan holatni bartaraf etish, yo‘lda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Qamchiq dovoni faoliyati qayta tiklanishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik e’lon qilinadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *