Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda 2030-yilgacha 150 ming o‘rinli avtoturargohlar barpo etiladi

Umu

“Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, poytaxtda 2030-yilgacha 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylari tashkil etilishi belgilandi.

Qarorda shaharning transport infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli maqsadlar ham aks etgan.

2030-yilgacha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar

  • Jamoat transportidan foydalanish ulushini 60 foizga yetkazish.

  • Avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini 18 km/soatdan 24 km/soatga oshirish.

  • Metropoliten tarmog‘ini 103 km.ga yetkazish.

Metro liniyalarining kengayishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

  • 2027-yilda – 76 km

  • 2028-yilda – 85 km

  • 2029-yilda – 90 km

  • 2030-yilda – 103 km

Qo‘shimcha infratuzilma loyihalari

  • 600 ta avtobus bekatini rekonstruksiya qilish.

  • Piyodalar va velosiped yo‘laklarini yana 40 km.ga ko‘paytirish.

  • Poytaxtdagi 300 km avtomobil yo‘lini ta’mirlash.

  • 200 ta aqlli, intellektual svetofor tizimiga ega chorrahalar yaratish.

  • 4 ta yo‘l o‘tkazgich va tunnel barpo etish.

Taqdimotda qayd etilgan muammolar

3-dekabr kuni prezidentga taqdimot chog‘ida:

  • aholi va avtomobillar sonining keskin o‘sishi,

  • iqtisodiy faollik tufayli yo‘l infratuzilmasiga yuklama ortayotgani,

  • tirbandliklarning 7–8 ball darajasida odatiy holga aylangani,

  • jamoat transportidan foydalanish ulushining pastligi,

  • ekologik holatning yomonlashuvi

kabi masalalar qayd etildi.

Yangi qaror ushbu muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va Toshkent transport tizimini zamonaviy, xavfsiz va qulay darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *