Haftalik

Haftalik yangiliklar

Farg‘onada banklar foydasiga undiruvlar bo‘yicha 11 oylik natijalar e’lon qilindi

Mu

Bosh prokuratura matbuot xizmati joriy yilning o‘tgan davrida Farg‘ona viloyatida banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 11 oy davomida 2 trillion 75 million so‘mlik 73 884 ta ijro hujjati bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqilgan. Shundan 1 trillion 273 milliard so‘mlik 50 911 ta hujjat ijrosi ta’minlangan.

Shuningdek, 521,8 milliard so‘mlik 1 213 ta garov mulki auksion savdolariga chiqarilgan. Sotilgan 328 ta mulk hisobidan 54,8 milliard so‘m banklar foydasiga o‘tkazilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *