Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda Albaniya va Burundining yangi elchilari ish boshladi

Alee

Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Albaniyaning yangi elchisi Gens Pesani hamda Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi Jozef Nkurunziza o‘z faoliyatini boshladi. 27-noyabr kuni TIV rahbari Baxtiyor Saidov ulardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Uchrashuvlarda savdo, investitsiyalar, turizm, ta’lim va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash hamda ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Burundi elchisi bilan suhbatda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Burundi bilan diplomatik munosabatlar 2024-yil sentyabr oyida o‘rnatilgan edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *