Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning xabariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi asosida 10 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan.
Mazkur modda quyidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilaydi:
— turmush o‘rtog‘i yoki yaqin bo‘lgan shaxslarga nisbatan huquqlarni cheklash, mol-mulkka zarar yetkazish, haqorat qilish, qo‘rqitish yoki yaqinlaridan ajratib qo‘yish kabi harakatlar uchun BHMning 10–20 baravari jarima yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoq;
— turmush o‘rtog‘i, sobiq turmush o‘rtog‘i yoki bolani kaltaklash yoki sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib keladigan yengil tan jarohati yetkazish uchun BHMning 10–20 baravari jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq.
Raqamlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi ichida ushbu modda bo‘yicha 10 003 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilgan.