Jizzax viloyati Zafarobod tumani IIB PPX va JTSB xodimi Mamayusuf Rahmatullayev bedarak yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Kun.uz” ikki mustaqil manbaga tayangan holda xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, xodim 27-oktyabr, dushanba kuni ertalab ishga ketgan, ammo shundan keyin uyiga qaytmagan. Qidiruv ishlariga qaramay, u hozirgacha topilmagan.
Shuningdek, Zafarobod tumani prokuraturasi tomonidan 2025-yil 19-noyabr kuni Rahmatullayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani tasdiqlandi. Bu ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga tasdiqladi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov esa holat yuzasidan rasmiy ma’lumot e’lon qilinishini bildirdi.