Haftalik

Haftalik yangiliklar

Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari xizmat vazifasini suiiste’mol qilgani sabab ishdan olindi

Hok

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari Saidali Xidirovning Ekologiya qo‘mitasi inspektori Ahrorjon Niyozovga kuch ishlatib, uni Milliy gvardiya xodimlari yordamida tuman IIBga olib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan mutasaddilar tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari S. Xidirov lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, voqea bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Jarayon yakuniga ko‘ra, hokim o‘rinbosarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ma’lum qilindi.

Deputat Rasul Kusherboyevning ma’lum qilishicha, aholi murojaati asosida hodisa joyiga yetib borgan Ekologiya qo‘mitasi inspektori noqonuniy daraxt kesish holatini aniqlagan. U jarayonni to‘xtatish va tartib bo‘yicha hujjatlashtirmoqchi bo‘lgan, biroq uning qonuniy faoliyatiga zo‘ravonlik bilan qarshilik qilingani aytilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *