Haftalik

Haftalik yangiliklar

Yil boshidan buyon ichimlik va oqova suv tarmoqlariga 4,3 mingdan ortiq noqonuniy ulanish aniqlandi

Nh

Aholi o‘rtasida to‘lov intizomini mustahkamlash, ichimlik va oqova suv tizimlaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizimli ishlar olib borilmoqda. Natijada iste’molchilar tomonidan sodir etilgan ko‘plab qonunbuzilishlar bartaraf etilib, yetkazilgan zarar belgilangan tartibda undirilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—oktyabr oylarida ichimlik va oqova suv tarmoqlariga jami 4 351 ta noqonuniy ulanish holati aniqlangan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarga to‘g‘ri keladi:

  • Toshkent shahri — 488 ta,

  • Sirdaryo viloyati — 433 ta,

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 425 ta,

  • Xorazm viloyati — 419 ta.

Noqonuniy ulanishlar oqibatida jamiyat manfaatlariga 82 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan bo‘lib, shundan 33,6 mlrd so‘mi qoplangan.

Mavjud qarzdorliklarni kamaytirish maqsadida joriy yilda 123,4 ming nafar qarzdor iste’molchi bo‘yicha fuqarolik va iqtisodiy sudlarga 358,4 mlrd so‘mlik da’vo arizalari yuborilgan. Hisobot davrida respublika bo‘yicha 62,4 ming jismoniy va yuridik shaxs qarzdorligi uchun suv ta’minoti tarmog‘idan vaqtincha uzilgan. Ulardan 46 mingtasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Olib borilgan choralar natijasida iste’molchilarning umumiy debitor qarzdorligi yil boshiga nisbatan 203 mlrd so‘mga (22 foizga) kamayib, 705,5 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. O‘tgan yilning mos davriga solishtirganda esa qarzdorlik 364 mlrd so‘mga (34 foizga) qisqargani qayd etilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *