Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 9 oyda 224,5 trln so‘mga yetdi — o‘sish 14,2 foiz

Qur

2025-yil yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha jami 224,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagi 185,4 trln so‘mlik natijadan 14,2 foiz yuqori.

Tahlillarga ko‘ra, umumiy hajmning:

  • 68,9 foizi bino va inshootlar,

  • 20,8 foizi fuqarolik obyektlari,

  • 10,3 foizi esa ixtisoslashtirilgan qurilishlarga to‘g‘ri kelgan.

Eng ko‘p qurilish — Toshkentda

Respublika bo‘yicha eng katta qurilish hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan — 64,1 trln so‘m. Shuningdek, yuqori ulushga ega hududlar:

  • Toshkent viloyati — 25,2 trln so‘m,

  • Samarqand viloyati — 14,2 trln so‘m,

  • Farg‘ona viloyati — 13,7 trln so‘m,

  • Buxoro viloyati — 13,8 trln so‘m.

Eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo (4,4 trln so‘m) va Jizzax (5,9 trln so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

Korxonalar ulushi

To‘qqiz oy davomida yirik korxonalar tomonidan 54,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Umumiy hajmning:

  • 51 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga,

  • 24,7 foizi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan (55,5 trln so‘m).

Norasmiy sektor ulushi o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga oshgan.

Statistika qo‘mitasining qayd etishicha, qurilish sohasidagi o‘sish barcha hududlarda kuzatilmoqda va bozor faolligi yuqori darajada saqlanmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *