Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qamchiqda miltiq ko‘targan erkak do‘konga kirib, sotuvchi ayolni jarohatladi

Mlt

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaronda erkakning qurol ko‘targan holda do‘konga kirib, sotuvchi ayolga tan jarohati yetkazgani aks etgan video tarqaldi. Unda fuqaroning do‘konga ov quroli bilan kirib, janjal ko‘targani, keyinchalik esa rastada turgan sotuvchi ayol boshiga zarba bergani ko‘ringan.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, videoda aks etgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, qurol esa belgilangan tartibda musodara qilingan.

Tekshiruvda aniqlanishicha, 22-oktyabr kuni tumanning “Ko‘ksaroy” MFYda yashovchi 33 yoshli R.Q. o‘ziga tegishli ov quroli bilan (2021-yildan Ovchilik jamiyati a’zosi) shar’iy nikohida bo‘lgan 35 yoshli N.Sh. huzuriga kelib, o‘rtalaridagi nizo sababli unga tahdid qilgan va tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi tergovga jalb qilingan. Uning ovchilik guvohnomasi bekor qilingan va TOZ-34 rusumli ov quroli musodara qilingan.

Sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, N.Sh.da sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati aniqlangan.

Hozirda holat Toshkent viloyati IIBB nazoratida, tergov harakatlari davom etmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *