Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda MIB bo‘limlari tomonidan qarzdor deb topilgan 614 nafar shaxs qidiruvga berilgan, shundan 306 nafari izlab topilgan.
Shuningdek, alimentdan qarzi bo‘lgan 233 nafar fuqaro sud hujjati ish yurituvga qabul qilinishidan oldin chet elga chiqib ketgan, ularga nisbatan xalqaro qidiruv so‘rovlari yuborilgan.
Avtomobillarga oid qidiruv tadbirlarida esa oktyabr oyida 68 ta avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.