Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjatda ushbu nishon bilan taqdirlash tartibi va shartlari belgilab berilgan.
Endilikda “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan har yili ijtimoiy himoya sohasida faoliyat yuritayotgan, o‘z fidoyiligi bilan ajralib turgan shaxslar mukofotlanadi.
🔹 Taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 20-aprelgacha Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etiladi.
🔹 Komissiya xulosasiga ko‘ra, 20-mayga qadar Agentlik direktori mukofotlash to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
🔹 Ko‘krak nishoni 1-iyun – Agentlik tashkil etilgan kun arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Mukofot bilan birga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti ham beriladi. Ushbu xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Istisno tariqasida, alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslar Agentlik direktorining buyrug‘iga asosan yil davomida ham mukofotlanishi mumkin.