Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajaga yetdi

Em

2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonga umumiy qiymati 544,1 million dollarlik 47 264 dona elektromobil olib kirildi. Bu ko‘rsatkich 2023 va 2024-yillar davomida import qilingan jami elektromobillar sonidan ham yuqori, deb xabar berdi Bojxona qo‘mitasi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan import hajmi ikki baravar oshgan — 2024-yilning o‘n oyida 22 220 dona elektromobil keltirilgan edi. Faqat oktyabr oyining o‘zida xorijdan 6 933 dona, qiymati 71,4 million dollarlik elektromobil import qilingan. Bu 2024-yil oktyabriga nisbatan 1,74 baravar ko‘p, biroq 2025-yil sentyabr oyidagi 11 534 donalik ko‘rsatkichdan 4 601 taga kam.

Import qilinayotgan elektromobillarning o‘rtacha qiymati ham oshmoqda. Oktyabr oyida bu ko‘rsatkich 10,3 ming dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2024-yil oktabrida o‘rtacha qiymat 5,2 ming dollar, shu yil sentyabrda esa 9,9 ming dollar bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda 24 091 dona elektromobil (224,7 mln dollar) import qilingan bo‘lsa, 2023-yilda 16 084 dona elektromobil (433,8 mln dollar) keltirilgan. O‘sha paytda son kam, ammo narx yuqori bo‘lgan.

Shuningdek, joriy yilning o‘n oyida benzinda ishlaydigan avtomobillar importi ikki baravar, gibrid avtomobillar importi esa olti baravardan ortiq kamaygan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *