Haftalik

Haftalik yangiliklar

Komil Allamjonov AQSH hukumatiga o‘zbekistonliklar uchun 10 yillik vizalar joriy etishni taklif qildi

Kil

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning maslahatchisi Komil Allamjonov AQSH hukumatiga O‘zbekiston fuqarolari uchun 10 yillik vizalar joriy etishni taklif qildi. Bu haqda u X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

3-noyabr kuni Komil Allamjonov O‘zbekiston 2026-yildan boshlab AQSH fuqarolari uchun vizalarni bekor qilishi haqidagi xabarni ulashgan. AQSH davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau mazkur xabarga izoh yozib, tashabbusni ijobiy baholagan.

“Bu O‘zbekistonning Amerika sayyohlari uchun g‘oyat katta imkoniyatlarini ochib berishi kerak bo‘lgan ajoyib yangilikdir”, — deb yozgan Kristofer Landau.

Bunga javoban Komil Allamjonov so‘nggi uchrashuvda Kristofer Landau va AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan bo‘lgan muloqotda amerikaliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘targanini bildirdi.

“O‘zbekiston endi Qo‘shma Shtatlardan kelgan sayyohlar uchun ochiq — xush kelibsiz! B1/B2 vizalarining amal qilish muddatini 1 yildan 10 yilgacha uzaytirish O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi”, — deb yozdi Allamjonov.

U, shuningdek, AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari ko‘p ekanini ta’kidlab, “Biz shunchaki boshlashimiz kerak — va aynan shu narsa sodir bo‘lmoqda, bu meni juda xursand qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *