Haftalik

Haftalik yangiliklar

Farg‘onada 4 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga 8 yil qamoq jazosi tayinlandi

Fr

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Nexia-3 haydovchisi Shohimardonobod MFY hududida taqiqlangan joyda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, xavfsiz masofani saqlamagan va tezlikni me’yordan oshirgan. Natijada u rul boshqaruvini yo‘qotib, Tico avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Tico haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, mashina salonida bo‘lgan ikki nafar bola va bir ayol esa shifoxonada vafot etgan.

Sud haydovchini Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha aybdor deb topib, uni 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etgan holda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Shuningdek, jabrlanuvchilarning vakiliga 100 million so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *