Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 7,8 foizga tushdi

Oziq

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil oktyabr holatiga O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi 7,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 foiz punktga pasaydi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, oktyabr oyida oylik inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etgan — bu sentyabr oyidagi ko‘rsatkich bilan bir xil. Narxlar o‘sish sur’ati o‘tgan yilgi oktyabrga (0,8%) nisbatan bir yarim baravarga sekinlashgan.

Joriy yilning yanvar—oktyabr oylarida inflyatsiya 5,7 foiz bo‘ldi. Meva va sabzavot mahsulotlari narxlari o‘zgarishini hisobga olmaganda, inflyatsiya oktyabr oyida 0,5 foizni, yillik hisobda esa 8,6 foizni tashkil etdi.

Oy davomida bir qator mahsulotlar narxlari oshgan. Jumladan, tuxum — 4,1%, mol go‘shti — 1,7%, sut — 1,2%, o‘simlik yog‘i — 0,8% ga qimmatlagan. Meva-sabzavotlar orasida pomidor (61%), bodring (58,2%), baqlajon (11,3%) va bulg‘or qalampiri (10,6%) narxlarida sezilarli o‘sish qayd etilgan.

Nooziq-ovqat mahsulotlari oy davomida 0,4% ga, yil boshidan 4,4% ga, o‘tgan yilning oktyabriga nisbatan esa 5,8% ga oshgan. Xizmatlar sektori esa bir oyda 0,3%, yillik hisobda 8,7% ga qimmatlagan.

Hududlar kesimida eng yuqori oylik inflyatsiya Andijon viloyatida (0,9%) kuzatilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida (0,5%) qayd etilgan.

Yil boshidan buyon narxlar eng ko‘p Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatida (6,2%), eng kam Toshkent shahrida (5,1%) oshgan. Yillik inflyatsiya bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘onada (8,6%), eng past esa Jizzax viloyatida (7,1%) qayd etildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *