Andijon shahridagi 36-umumta’lim maktabida texnik spirt iste’mol qilinishi oqibatida bir kishi vafot etdi, yana uch kishi zaharlangan. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22-oktyabrga o‘tar kechasi maktab binosida direktor va xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi ayrim xodimlar laboratoriyada saqlanayotgan texnik spirtni ichgan.
Oqibatda maktabning xo‘jalik mudiri voqea joyida halok bo‘lgan, direktor esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Yana ikki kishi zaharlanib, hozirda davolanmoqda.
Voqea yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayotbek Shamsiddinov hodisani tasdiqladi.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Hodisaning sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda.
Besoin d’un paraphraser fiable pour gagner du temps sans perdre le sens ? Obtenez des tournures naturelles, un style cohérent et zéro plagiat présumé. Un clic, un texte prêt à publier — idéal pour étudiants, marketeurs et pros. ✅