Haftalik

Haftalik yangiliklar

Rossiyada qarovsiz qolgan besh nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Buy

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar o‘zbekistonlik bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ularning vatanga qaytarilishi O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida, Ichki ishlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Avvalroq bolalar Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va Tranzit ijtimoiy boshpanasiga joylashtirilgan edi.

Bosh konsulxona bolalarga repatriatsiya sertifikatlarini bepul taqdim etgan. Bolalar O‘zbekistonga mutasaddilar hamrohligida Sankt-Peterburg–Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali yetkazildi.

One thought on “Rossiyada qarovsiz qolgan besh nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *