Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopilib, 90 gektar yer tabiatga qaytarildi

Chq

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 42 ta maishiy chiqindi poligoni faoliyati to‘xtatilib, ularning o‘rnidagi yer maydonlari tabiatga qaytarildi.

2024–2025-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida jami 47 ta chiqindi poligoni rekultivatsiya qilinib, tuproq qatlami bilan yopilgan.

2024-yilda bu ishlar quyidagi hajmda bajarilgan:

  • Qoraqalpog‘iston — 1 ta (11 gektar),

  • Andijon — 6 ta (14,9 gektar),

  • Buxoro — 1 ta (0,5 gektar),

  • Qashqadaryo — 5 ta (19,15 gektar),

  • Namangan — 3 ta (5,38 gektar),

  • Samarqand — 1 ta (2,4 gektar),

  • Toshkent — 3 ta (9,58 gektar),

  • Farg‘ona — 6 ta (17,11 gektar),

  • Xorazm — 1 ta (1 gektar).

2025-yilda esa 81,68 gektar maydonda joylashgan 18 ta poligonda rekultivatsiya ishlari yakunlandi.

Umuman olganda, direksiya balansidagi 185 ta chiqindi poligonining 47 tasida ekologik tiklash ishlari olib borilgan. Natijada 90 gektarga yaqin yer maydoni qayta tabiiy holatiga keltirildi.

Mazkur ishlar prezidentning 2024-yil 4-yanvardagi 5-son farmoni asosida amalga oshirilmoqda. U chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, bu chora-tadbirlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 72-bandida belgilangan maqsadlar va 2025-yil 30-yanvardagi prezident farmonida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

2 thoughts on “O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopilib, 90 gektar yer tabiatga qaytarildi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *