Haftalik

Haftalik yangiliklar

Hokimliklar xodimlari faoliyati endi 100 ballik tizim asosida baholanadi

1569923004 janlbqv0laa1vyttq7wmpz7 zipxn1bb

Adliya vazirligi ma’lum qilishicha, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatini muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholashning namunaviy tartibi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, KPI har yili maxsus platforma orqali ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda choraklar va yil yakunlari bo‘yicha baholanadi. Shu bilan birga, hokimlik xodimlari faoliyatini baholashni tashkil etish va monitoring qilish uchun mas’ul tarkibiy tuzilmalar ham belgilangan.

Samaradorlik ko‘rsatkichlari natijalari quyidagi muddatlarda tasdiqlanadi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari xodimlarining KPI natijalari — har yili 15-yanvarga qadar tegishli rahbarlar tomonidan;

  • tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining natijalari esa — 25-yanvarga qadar hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.

Faoliyat samaradorligi quyidagi reyting tizimi asosida baholanadi:

  • 70 balldan kam — “qoniqarsiz” (D);

  • 70–85 ball — “qoniqarli” (C);

  • 85–100 ball — “yaxshi” (B);

  • 100 ball va undan yuqori — “a’lo” (A).

Baholash natijalari hokimlik xizmatchilariga oylik ustamalar miqdorini belgilashda asos sifatida olinadi. To‘lovlar prezidentning tegishli farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *