O‘zbekistonda endilikda nodavlat notijorat tashkilotlari chakana savdo va tibbiy xizmat ko‘rsatish sohalarida nazorat xaridi hamda “sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining “Raqobatni ta’minlashga ko‘maklashish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bunday tadbirlarni o‘tkazish tartiblari belgilandi.
Yangi tartibga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari savdo va tibbiyot xizmatlarida qonun talablariga rioya etilishini xolis baholash imkoniga ega bo‘ladi. Nazorat xaridi va “sirli mijoz” tadbirlari qonuniylik, xolislik va maxfiylik tamoyillariga asoslanadi. Tadbirlarning rejalari Raqobat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, rasmiy ravishda tasdiqlanadi.
Jarayon davomida olingan namunalar va ma’lumotlar laboratoriyalarda sinovdan o‘tkaziladi. Tovar yoki xizmat qonun talablariga javob bermasa, tegishli vakolatli organlarga yuboriladi va jamoatchilikka axborot beriladi. Birinchi marotaba aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi, takroriy holatlarda esa tekshiruv belgilanadi.
Nodavlat tashkilotlar tadbirlarni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi, Raqobat qo‘mitasi esa ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va metodik yordam ko‘rsatadi.
Qaror orqali shuningdek, sog‘liqni saqlash va chakana savdo sohalarida “sirli mijoz” va nazorat xaridi usullarini qonuniy asosda joriy etish imkoniyati yaratildi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mas’ul organlar etib Raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa tegishli idoralar belgilangan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ushbu yangilik xizmat ko‘rsatish va savdo sohalarida adolatli raqobatni kuchaytirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va NNTlarning faol ishtirokini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
📈 Publishing documents to portals with strict size caps? Use compress pdf online to shrink reports, invoices, and scanned forms while preserving readability and layout integrity; set exact targets, preview quality, and export instantly for email, LMS, HR, and legal workflows without installs or watermarks, standardize deliverables, reduce bounce-backs, and keep approvals moving with predictable, professional results.