Haftalik

Haftalik yangiliklar

BAAda o‘zbekistonlik haydovchilarni taksi xizmatiga jalb etish rejalashtirilmoqda

Db

“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonlik tajribali haydovchilar Birlashgan Arab Amirliklaridagi kompaniya tomonidan taksichilik faoliyatiga jalb etilishi mumkin.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari BAAning Dubai Taxi Company PJSC korxonasi rahbari Sayid Amin Abdulrahman bilan uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekistondan malakali haydovchilarni qonuniy ravishda munosib ish bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilgan.

Sayid Amin Abdulrahman O‘zbekiston fuqarolarini ishga qabul qilish jarayonini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga hamda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda kompaniya 200 nafar o‘zbekistonlik haydovchini ishga jalb qilish imkoniyatiga ega. Agar ularning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, yana 500 nafar haydovchini qo‘shimcha ravishda ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Mehnat agentligi va Dubai Taxi Company PJSC vakillari o‘rtasida hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *