Haftalik

Haftalik yangiliklar

1,9 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlar fosh etildi

G69ldfwzvjeefucseizdlramhtrux 3u

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida umumiy qiymati 1,9 milliard so‘m bo‘lgan uchta davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, qonun talablari buzilgan holatlar quyidagi tashkilotlar faoliyatida kuzatilgan:

  • Urganch dzyudo sport mahorati maktabi — 1,6 mlrd so‘mlik xarid;

  • Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — 298 mln so‘mlik xarid;

  • Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi — 32,5 mln so‘mlik xarid.

Mazkur jarayonlarda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilib, baholash mezonlariga rioya etilmagani va ishtirokchilar o‘rtasida raqobat cheklangani aniqlangan.

Natijada, Agentlik taqdimnomalari asosida xarid komissiyalarining g‘olibni aniqlash to‘g‘risidagi qarorlari bekor qilindi. Shu orqali noqonuniy xaridlar o‘tkazilishining oldi olindi.

Tekshiruv davomida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, qonuniy chora ko‘rish ishlari boshlangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *