O‘zbekiston fuqarolari endilikda haj va umra safarlariga onlayn tarzda navbatga yozilish imkoniga ega bo‘ldi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmatining xabar berishicha, bu maqsadda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirilgan.
Talabgorlar www.my.gov.uz yoki www.haj-umra.gov.uz saytlari orqali elektron navbatni rasmiylashtirishlari mumkin. Yangi tizim orqali fuqarolar uydan chiqmasdan turib hujjat topshirish va zarur tashkilotlarga murojaat qilish kabi jarayonlarni soddalashtirgan holda amalga oshiradi.
Loyiha haj va umra safarlarini tashkil etishda qulaylik, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashni maqsad qiladi.