Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi kamaydi

Cobalt

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 116 ming dona Cobalt ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagidan biroz kam — 2024-yilda 117,7 ming dona avtomobil ishlab chiqarilgan edi.

Shuningdek, Damas ishlab chiqarish hajmi ham qisqargan: o‘tgan yilning to‘qqiz oyida 70 ming dona bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 67,9 ming dona mashina ishlab chiqarilgan.

UzAuto Motors faqat Tracker modeli bo‘yicha o‘sishga erishdi — ishlab chiqarish 31,2 mingdan 34,2 ming donaga yetgan. Onix avtomobillari soni esa 24,7 mingdan 22,6 ming donaga kamaygan.

Boshqa ishlab chiqaruvchilar esa o‘sish qayd etdi:

  • KIA – 19,6 ming dona (+38%);

  • BYD – 13,7 ming dona (o‘sish 20 barobar);

  • Chery – 6,8 ming dona (+22%);

  • Haval – 6,2 ming dona (3 barobardan ortiq o‘sish).

UzAuto Motors yaqinda Damas va Cobalt avtomobillarining yangilangan versiyalarini ishlab chiqarishini ma’lum qilgan.

Yangilangan Damas modeli o‘lchamlari kattalashgan, sig‘imi oshirilgan va qulaylik darajasi yaxshilangan bo‘lsa, Cobalt avtomobillari 12 ta yangi opsiya, yangilangan dvigatel va takomillashtirilgan ABS tizimi bilan jihozlanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *