Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentga 9 oy ichida 3,9 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Thuy

2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida Toshkentga dunyoning turli davlatlaridan 3,9 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Shu davrda 5,6 million mahalliy sayyoh ham poytaxtning diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilgan.

Eng ko‘p mehmonlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkiyadan kelgan. Har bir sayyoh Toshkentda o‘rtacha 300 AQSH dollari miqdorida kunlik xarajat qilmoqda — asosan savdo va turistik xizmatlarga sarflanmoqda.

Shu bilan birga, poytaxtda mehmonxona va joylashuv sektori kengayib, 1132 ta joylashuv obyekti faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy sig‘imi 54,5 ming o‘rinni tashkil etadi.

Sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan tumanlar — Mirobod, Shayxontohur va Chilonzor hisoblanadi. Mashhur manzillar esa Xastimom majmuasi, Chorsu bozori, Tashkent City, Magic City hamda Seoul Mun kabi joylardir.

Toshkentda sayyohlarning o‘rtacha qolish muddati 2,5–4 kunni tashkil etmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *