Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida qishloq xo‘jaligi sohasida 183 milliard 326 million so‘mlik zarar qayd etilgan.
Hisobot davrida sohada qonuniylikni ta’minlash maqsadida 90 mingga yaqin nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Hududiy boshqarmalar va tuman bo‘limlari tomonidan 13 mingdan ortiq tekshiruv o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan 7 mingga yaqin ma’muriy jarima chorasi ko‘rilgan.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda 1 980 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, 321 gektar yer maydoni noqonuniy ravishda muomaladan chiqarilgani ma’lum bo‘lgan.
G‘o‘za maydonlarining 21,7 ming gektari standart talablariga javob bermagani sababli urug‘lik uchun yaroqsiz deb topilgan. 2026-yil hosili uchun mo‘ljallangan 3,2 ming tonna urug‘lik don sifatsiz ekani sababli ekish va sotish taqiqlangan. Shu bilan birga, 207,5 ming tonna urug‘lik don ekinboplik sertifikatini olgan.